“Yashil makon” umum milliy loyihasi doirasida respublika bo‘ylab hududlarda ko‘chatlarni ekish tadbirlari amalga oshirildi.
O‘tgan mavsumlar davomida talabdan va iqlim sharoitdan kelib chiqqan holda yuridik shaxs sifatida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan ayrim turdagi ko‘chatlarni yetkazib berish holati tahlil qilindi va o‘rtacha narxlar ko‘rib chiqildi. Bunda, narxlarni asossiz oshib ketmasligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ayrim turdagi asosiy ko‘chatlar turlari, nomlanishi O‘rtacha balandligi, metr O‘rtacha narxlari, ming so‘mda
Katalpa 1 - 2,5 15 - 60
Shumtol 1 - 2,5 20 - 50
Qayrog‘och 1,2 - 3 9 - 50
Sadaqayrog‘och 1 - 2,5 60 - 100
Zarang 1,2 - 2 20 - 50
Akatsiya 1 - 2,5 15 - 100
Chinor 1 - 3 20 - 150
Terak 1 - 2,5 2 - 7
Pavlovniya 1 - 3,5 10 - 80
Yapon saforasi 1 - 3,2 8 - 50
Kashtan 1 - 2,5 15 - 250
Lola daraxti 1,5 - 2,5 250 - 1000
Lipa 1 - 3,2 60 - 600
Oqqayin 0,8 - 3,5 20 - 600
Eman 1 - 3,0 15 - 150
Qrim qarag‘ayi 0,7 - 3,2 40 - 800
Virgin archa 1 - 2,5 18 - 50
Sharq tuyasi 1 - 2,6 18 - 50
Tut 1 - 2,5 1,2 - 6
Jiyda 0,8 - 1,6 5 - 20
Yong‘oq 0,6 - 1,5 8 - 25
Behi 1 - 1,5 5 - 10
Uzum 0,5 - 1,2 3 - 12
Suriya atirguli 0,8 - 2,2 7 - 50
Hind sireni 0,5 - 1,5 7 - 60
Izoh: * Ko‘chatlarning narxlari - hududlarning joylashuviga, daraxt va butalar turiga, ko‘chatning balandligiga, manzaraligi yoki shoxlanganlik darajasiga, tuproq zamini bilan yoki tuproq zaminisiz ekanligiga, masofaga (transpartirovka) va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
** Yuqorida qayd etilgan ko‘chatlarning narxlari - kelajakda ko‘chatlarni sotish uchun asos bo‘la olmaydi.